Miroblar – 2019

“Miroblar” xujjatli filmida Markaziy Osiyo mintaqasida eng qadimgi kasblardan biri bo‘lgan miroblik, ya’ni suv ishlari bilan shug‘ullanuvchi shaxslar haqida ma’lumot berilgan. Miroblar qadimdan sug‘orish tizimi bilan shug‘ullanib, ekinlarni suv bilan ta’minlab bergan va kanal hamda ariqlardagi suvni nazorat qilgan. Shuningdek, ular irrigatsiya inshootlari tozaligi va samaradorligiga javobgar shaxs hisoblangan. 

Vodiyda sulolaviy miroblar ham mavjud bo‘lib, ular doimo o‘zlaring suv bilan bog‘liq bilimlarini avlodlarga yetkazgan. Qolaversa, mazkur filmda miroblar bilan bog‘liq arxiv materiallari va vodiylik mirob-mutaxassislar bilan bo‘lgan intervyular ham aks etgan.