Admin

Boshlanish 2019, Muqobil, Norin

2350 yil Norinda kechki ovqat, 2019

Jann Feo de la Kroa, Dinara Kanibek qizi, Ayday Maksatbekova, Deniz Nazarova,  Zulayxo Esentaeva

Installyasiya

2548 yil. Antropologiya fanlari doktorlari Ayday Maksatbekova, Jann Feo de la Krua, Deniz Nazarova, Dinara Qanibek qizi va Zulya Esentaeva olamshumul yangilik qildilar. Ular qadimiy Norindan 2350 yilga oid plastik davriga tegishli artefaktlarni topdilar. 

Olimlar tadqiqotlariga ko‘ra, ushbu artefaktlar o‘tmish ajdodlarimiz tomonidan oziq-ovqatlar uchun foydalanilgan plastik buyumlar qoldiqlari ekan. Aholi o‘zlarining manzillarini no’malum sababga ko‘ra tark etishgan, lekin oziq-ovqatlar stolda tegilmasdan qolib ketgan. Bu davr o‘tish davri bo‘lib, bu davrda tabiat himoyachilari bo‘lgan insonlar tomonidan so‘ngi yuz yillikda oshqozonni modifisiyalashtiruvchi jarrohlik operatsiyasini moliyalashtirish orqali atrof muhitda to‘planib qolgan plastiklarni hazm qildirish davri bo‘lgan.

Tadqiqotchilarning aniqlashicha, organik taomlarni iste’mol qilish barcha insonlarning huquqi hisoblanishini isbotlovchi qarama qarshi harakatlar bo‘lgan. Lekin 2400 yilga kelib barcha insonlar jarrohlik yo‘li bilan plastikni hazm qiladigan oshqozonga ega bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘lgan.

Boshlanish 2019, Tabiat

Virtual suv, 2016 yil

Toma Serban Peiu, Elis Xill

Video,

«Virtual suv» animatsiyasi Orol dengizi suvlari harakati  xaritasini tasvirlaydi. 1960 yildan 2016 yilgacha u qishloq xo’jaligini sug’orish maqsadlarida keng foydalanilgan va dengiz havzasini quritgan. Tom va Elis animatsiyada paxtaning sug’orilishiga e’tibor qaratishdi, chunki u keng eksport qilinadigan mahsulotdir. Animatsiyada har bir «lazer» paxta dalalarini sug’orish uchun dengiz havzasidan chiqadigan 1 kub kilometr suvni aks ettiradi. G’oyaning maqsadi suvning «migratsiyasini» kuzatib borish va ushbu koʻrsatkichlarning odamlar migratsiyasida aks etish yoki etmasligini aniqlashdir.

Continue reading
Hikoyalar

Shishadagi xabar

Toma Peiu, Luiza Parvu tomonidan suratga olingan

“Daryo Oqimlari” bu Orol dengizi havzasidagi kundalik manzaralarni aks ettiruvchi fotosuratlar turkumidir. Norin-Sirdaryo Qirg’izistonning baland tog’laridan tushib  Farg’ona vodiysi orqali va Qozog’iston dashtigacha boradi, so’ng  Shimoliy Orol dengiziga quyiladi.

 2018 yilda olingan quyidagi rasmlarda biz ushbu suv havzasi, odamlar va ularni bog’lab turuvchi landshaftlar o’rtasidagi munosabatni tasvirlashni ko’zlaganmiz. 

Ushbu suratlar turkumi Norin daryosidagi Shamaldi-Say (Qirg’iziston), Sirdaryodagi Qizilo’rda va Birlik (Qozog’iston), ilgari dengiz bo’yida yotgan ikki port shahar Orol (Qozog’iston) va Mo’ynoq (Qoraqalpog’iston, O’zbekiston) o’rtalaridagi «shishadagi xabar»dir; Umid qilamizki, bu orqali ushbu jamoalar o’rtasidagi yangi suhbatlarga va ularni bog’laydigan geografik va madaniy merosga ilhom bag’ishlaydi.

Shamaldi-Say, Qirg’iziston. Aprel, 2018

Mo’ynoq, Qoraqalpog’iston, O’zbekiston. 2018 yil iyul

Qizilo‘rda, Qozog‘iston. 2018 yil avgust

Birlik, Qozog’iston. 2018 yil avgust

Orol, Qozog’iston. 2018 yil avgust

Boshlanish 2019, Farg'ona, Inson

Miroblar – 2019

“Miroblar” xujjatli filmida Markaziy Osiyo mintaqasida eng qadimgi kasblardan biri bo‘lgan miroblik, ya’ni suv ishlari bilan shug‘ullanuvchi shaxslar haqida ma’lumot berilgan. Miroblar qadimdan sug‘orish tizimi bilan shug‘ullanib, ekinlarni suv bilan ta’minlab bergan va kanal hamda ariqlardagi suvni nazorat qilgan. Shuningdek, ular irrigatsiya inshootlari tozaligi va samaradorligiga javobgar shaxs hisoblangan. 

Continue reading
Boshlanish 2019, Tabiat

«Tanais va Tal»

Suv xo’jayini Tanais va uning Tal – suv boʻyida oʻsadigan tolga bo’lgan muhabbati haqida ertak. Tanais uyg’onib sevimli Talni odatdagi joyidan topa olmaydi va uni izlay boshlaydi, u uzoq masofalarga oqib boradi, guruchni sug’orish uchun uni burmoqchi  bo’lgan odamlar bilan kurashadi, do’stlari bilan, qamishlar bilan uchrashadi va nihoyat, Tanaisga daraxtlar yurmasligini aytadigan kichkina qizni uchratadi … Yuragi ezilgan Tanaisga nima bo’ladi?

Continue reading
Boshlanish 2019, Tabiat

Orol dengizi hikoyalari va Norin daryosi, 2018 y

Piter Kusak

Ovoz

Ushbu ko’rgazmadagi ovoz yozuvlari «Orol dengizi hikoyalari va Norin daryosi» loyihasining bir qismidir. Bu 1960 yildan beri Markaziy Osiyoda Orol dengizining yo’q bo’lib ketishi va qisman tiklanishi bilan bog’liq. Norin daryosi Orol dengizi uchun asosiy suv manbalaridan biri bo’lganligi sababli, bu hikoya juda muhimdir. Mening loyiham daryo, dengiz, uning atrofdagi muhit va ushbu hududlarda yashovchi odamlar yaratgan ajoyib xilma-xil tovushlarni yig’ishga qaratilgan. Unda «Suvni tinglash orqali suvdan foydalanish va suiiste’mol qilish to’g’risida nimani o’rganishimiz mumkin?» degan savolni oʻrtaga tashlaydi va taklif qilingan hikoyalar va ko’rsatmalarga amal qiladi.

Tastubek, the Aral Sea, Kazakhstan.

Aral Sea Thunder (12:21) – camels, skipping, vital rain, village life
in the storm, May 19, 2013

Continue reading
Boshlanish 2019, Muqobil

Boyterak, 2019

Aybek Samakov, Zulya Yesentaeva, Norinbek Qozibekov, Dinara Qanibek qizi

Installyasiya 

Sirdaryo quyi oqimidagi  daryo, kanal va ariqlar bo‘ylab zich qamishzorlar uchraydi. Mahalliy aholi xo‘jaligi va iqtisodida qamish muhim ahamiyat kasb etgan. Aholi tilida yozgi qamish «pshen» deb nomlanib, xonaki  chorvachilikda yem-xashak sifatida foydalaniladi. «Pashin» yoki «shom» deb nomlangan qishgi qamish qalin bog‘lam qilinib, qurilishda ishlatiladi. Uyning devorlari pashin bilan to‘ldiriladi, bir qator qilib terilgan qamish bog‘lamlari esa to‘sin vazifasini bajaradi. Hozirda qamishni “eski” va “urfdan qolgan” qurilish materiali deb hisoblaydiganlar birmuncha ko‘payib bormoqda.

Masalan, “pashinli” uylarning egalari uning ortidan kredit ololmaydilar. Ko‘pchilik esa pishgan g‘ishtdan uy qura boshladi, eshiklarni esa metall qoplamalardan tayyoralashadi. Bunday o‘zgarishlar “rivojlanish” sifati tarzida qabul qilinmoqda. Holbuki, “rivojlangan” mamlakatlarda uylarni g‘isht va metalldan ko‘ra qamishga o‘xshagan ekologik materiallardan foydalanish keng urfga aylanmoqda. Mustaqil Qozog‘istonning ramzlaridan biri bo‘lgan – Boyterak nusxasi qamishdan yasalib, qamishni kelajakda qurilish materiali sifatida o‘z o‘rniga ega, degan g‘oyani ilgari suradi.

K. Mambetaliev nomidagi Norin davlat tarixiy-etnografik muzeyi kolleksiyasidan

baiterekup-1024x682-1.jpg
Boshlanish 2019, Tabiat

Ko‘priklarning no’malum tarixi

Jann Feo de la Krua, Deniz Nazarova, Cho‘lpon Jumanalieva, Aydar Jumabaev

Fotosurat

Ko‘priklar – mo‘jizaning bir ko‘rinishi bo‘lib, ular doimo maqsadli ravishda quriladi yoki buziladi. Majoziy ma’noda ko‘priklar ikki yo‘nalishni bir vaqtda ko‘rsatuvchi kamonga o‘xshaydi. Biroq ular ham qarovga muhtoj bo‘lib, insonlar ular bilan turli usullarda munosabatda bo‘ladi: ko‘prikda savdo va sayr qilinadi, insonlarning nikoh munosabati orqali bog‘lanishiga ham ko‘priklar ko‘mak beradi. Norin-Sirdaryodagi ko‘priklarni qurish va buzish daryoning turli qirg‘oqlaridagi insonlar o‘rtasidagi munosabatlarga jiddiy ta’sir qilgan bo‘lib, daryoda qurilgan har bir ko‘prikning o‘z tarixi bor.

Toktogul tumanining markazi yaqinida osma ko‘prik qurilishi, 1960. Toktogul suv ombori qurilish jarayoni yakunlangan so‘ng ushbu ko‘prik cho‘ktirilgan

Ko‘prik rasmi, 1944 Bu ponton ko‘prik Bekobod yaqinidagi Farhod to‘g‘oni qurilishining bir qismi bo‘lgan.  O‘zbekiston. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy kinofotofono xujjatlar davlat arxivi.

Kazarmandagi Norin daryosiga qurilgan yangi ko‘prik, 1984. Qirg‘iz Respublikasi kinofonofotoxujjatlar markaziy davlat arxivi.

Adham Ashirov/Sirdaryodagi parom, 2017.

Parom orqali mahalliy axoli boshqa qirg‘oqdagi dalalariga borishadi (Guldinov qishlog‘i, Namangan tumani, Namangan viloyati O‘zbekiston). Paromda o‘tish narxi 2016 yilda: kishi boshiga – 700 so‘m, (0.08 AQSh dollari), yengil mashina – 3000 so‘m, yuk mashinasi – 12000 so‘m).

Ponton ko‘prik. Ushbu panton ko‘prik Tojikistondagi Xo‘jand shahri yaqinida Sirdaryoda Qoyraqum to‘g‘onining barpo etilishi jarayonidagi ilk qadamlar biri bo‘lgan.   O‘zbekiston Respublikasi Markaziy kinofotofono xujjatlar davlat arxivi.

Norin daryosidagi osma ko‘prik / Qirg‘iz Respublikasi kinofonofoto xujjatlar markaziy davlat arxivi.

Ko‘priklar o‘zaro yaqin aloqalarni o‘rnatishga xizmat qiladi, shuningdek, davlat yoki shaxslar tomonidan chegara nazorati va soliqlar yig‘imiga xizmat qiladi.

2017 Avtomobil ko‘prigi Sirdaryoda qurilgan ushbu ko‘prik Farg‘ona vodiysidagi qadimiy Axsikent shahri yaqinida dehqonchilik vohasini cho‘l hududlarini bog‘langan (To‘raqo‘rg‘on tumani Namangan viloyati, O‘zbekiston). Ko‘priklar har doim ham insonlar o‘rtasida o‘zaro aloqa vositasi bo‘lmagan: ularga qilingan mehnat, sarflangan mablag‘, ko‘p hollarda e’tiborsiz qoladi.

Otboshi daryosi ustidagi ko‘prik/1937/ Qirg‘iz Respublikasi kinofonofotoxujjatlar markaziy davlat arxivi.

Tog‘lardagi ayrim yaylovlarga ko‘priklar orqaligina borish mumkin: agar ko‘prik buzilsa, yaylovlar foydalanilmaydi.

Norin shahrining ko‘rinishi/1968/ Qirg‘iz Respublikasi kinofonofotoxujjatlar markaziy davlat arxivi.

Norinda zamonaviy ko‘prik qurilishiga qadar, ushbu joy uzoq vaqt Torugart dovoni orqali Xitoy bilan bo‘ladigan savdo-sotiqni nazorat qilish markazi bo‘lgan.  Aynan bu yerda soqchilik garnizoni ham joylashgan.

Oybek Samakov/ Tasattiq – Oltoy kanalida qurbonlik marosimi/ 2019 

Tasattiq – bu qurbonlik marosimi bo‘lib, har yili bahor farslida Sirdaryoning quyi qismidagi Qozog‘iston qishloqlarida o‘tkaziladi. Marosim uchun aholi maxsus joyni – kanal ko‘prigini tanlaydi. Suv uchun duoi fotiha qilinib, sigir qurbonlik qilinadi. Jonivorning qoni daryo suviga oqiziladi. Marosim jarayonida aholi bu yil daryoni tinch oqishi va unda odamlar cho‘kmasligini tilab duo qiladilar. Islom jamoatchiligi bu an’analarni qo‘llab quvvatlamaydi.

Bozor-qo‘rg‘on qishlog‘i  va sovet Bozor-qo‘rg‘on rayoni o‘rtasidagi buzilgan ko‘prik ko‘rinishi /1987/ Qirg‘iziston Respublikasi kinofonofoto xujjatlar markaziy davlat arxivi

«Unutilgan narsaning qadri baland bo‘ladi». Gulzat Bayalieva/2016

Ko‘prik Qiziljar qishlog‘i (Qirg‘iziston) va Uchqo‘rg‘on (O‘zbekiston) shaxrini bog‘lovchi ko‘prik. Botkent va O‘zbekiston islom harakati voqealari tufayli 2000-yil ko‘prikni O‘zbekiston tomoni demontaj qilindi. Ko‘prik bugungi kunga qadar ishlamaydi. Lekin hozirda ko‘prik rekonstruksiyasi haqida gapirilmoqda.

Leninobod 2500 yil/ G.S.Verxovskiy, Ye.D.Rotenshteyn, G.X.Xaydarov,S.Sh.Marofiev/ Tungi Leninobod/1986/Ifron, Dushanbe

Xo‘jand qadimiy shahar bo‘lib, Sirdaryoning chap qirg‘og‘ida joylashgan. Oldinlari daryoning  o‘ng qirg‘og‘ida odamlar yashamagan. 1939 yilda Xo‘jandni rivojlantirish bo‘yicha dastlabki reja ishlab chiqilgan bo‘lib, arxitektordardan biri o‘ng qirg‘oqni obod qilish bo‘yicha taklif beradi. 1960-yillarda Sirdaryoga ikkita ko‘prik qurilishi natijasida shahar o‘ng qirg‘oq tomon siljidi. O‘ng qirg‘oqda yangi turarjoylar va zamonaviy shahar infrastrukturasi barpo etildi. Daryoning o‘ng va chap qirg‘oqlari mahalliy aholining tasavvurida hali-hamon farqlanadi – chap qirg‘oqdagilar o‘zlarini mahalliy deb bilsalar, o‘ng qirg‘oqdagilarni yangi ko‘chib kelganlar deb hisoblaydi. Xatto bu holat yangi oila qurilishida turmush o‘rtoq tanlashga ham ta’sir qilgan.

Boshlanish 2019

Quyilish, 2019

Deniz Nazarova 

Vizual kundalik

«Quyilish»da Norin-Sirdaryoning ijtimoiy hayoti tadqiq etishdan ilhomlanib yaratilgan loyiha haqida hikoya qilinadi. Rassomlar bilan birgalikda tadqiqotchilar Noringa yo‘l olishdi va bajarilgan amaliy ishlarining natijasini ko‘rgazmada ko‘rsatishni maqsad qilishdi. 10 kun mobaynida biz o‘zaro yaqindan tanishdik, fikrlar tasavvurlarimizni kengaytirdik, har birimiz o‘zimiz uchun Norinni etnografik jihatdan kashf etdik va boshqa ko‘plab qiziqarli voqealar guvohi bo‘ldik. Bo‘lib o‘tgan voqeliklarning eng saralari Norin kundaligida aks ettirildi.

Boshlanish 2019, Muqobil, Xo‘jand

Begonalar kirishi ta’qiqlanadi, 2019

Moxira Suyarqulova, Nozik Abilg‘ozieva, Oltin Kapalova, Oksana Kapishnikova, Ayday Maksatbekova, Liya Sozashvili, Ol’cha Shetinina, Zulya Esentaeva
Kollajlar

Xo‘jandda Moxira Suyarqulova Qayroqqum suv omborining (hozirda “Tojik dengizi” deb nomlanadi) shahar va “yovvoyi” sohilida, Sirdaryo sohilida choyxona va mayxonalarda narda o‘ynab o‘tirganlar, baliqchilar va cho‘milayotganlar orasida ayollarning bo‘lishi noodatiy bo‘lib, an’anaviy tartib- qoidalarini savol ostiga qo‘yishligiga e’tibor qaratdi. Moxiraning ayollar oldida erkaklarning cho‘milish kiyimida sohil bo‘ylab yurishlari va cho‘milishlari hayratda qoldirdi. Chunki aksariyat ayollar suzishni bilmas edi.

Moxiraga yechinish noqulay bo‘ldi va u kiyimda suzishga qaror qildi. Kiyimi xo‘l bo‘lib, uning tanasiga yopishdi. Demak, xotin-qizlarning cho‘milmasliklari bejizga emas ekan.
Tarixan butun dunyoda suzishni bilish va suza olmaslik jamiyatdagi tengsizlikni o‘zida aks ettiradi. Ayollar uchun ko‘p hollarda erkaklarda mavjud resurslar va ko‘nikmalarga, jumladan suv havzalari bilan bog‘lik imkoniyatlarga ruxsat yo‘q. Bunday suzish imkoniyatining yo‘qligi va suv havzalariga nisbatan ta’qiq ayollar uchun ba’zan salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.


Xo‘janddagi suv havzalarida ayollarning cho‘kish holatlari ko‘pincha uchrab turgan. So‘g‘d tumanida o‘z joniga suiqasd qilish holatlari erkaklarga nisbatan ayollar o‘rtasida ko‘p bo‘lgan. O‘z joniga suiqasd qilishning asosiy sababi – xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlik hisoblanadi. Ushbu kollaj tadqiqotchilar jamoasi tomonidan yuqoridagi kuzatuvlar asosida “Suv jodugari” tarzida yaratildi.