Category Archives: Shomoldi-Soy

Boshlanish 2019, Inson, Shomoldi-Soy

Oqimda, 2019

Gul’zat Bayalieva, Dinara Qanibek qizi, Oksana Kapishnikova, Aydar Jumabaev, Deniz Nazarova
Installyasiya, kollaj“Oqimda» nomli installyasiyada Shamoldi-Soy va Moskva o‘rtasidagi o‘zaro doiraviy oqim talqin qilinadi. Bir biridan uzoqda joylashgan ushbu shaxarlar o‘z davrining mashhur loyihalari orqali bog‘langan.

Shomoldi-Soy qishlog‘i 1956 yil Norin daryosi bo‘yida «birinchi» Uchqo‘rg‘on GES ning qurilishi natijasida barpo etilgan. 1914 yildan boshlab bu yerda dastlabki tadqiqotchilar paydo bo‘lgan. 1956 yildan boshlab esa Rossiyadan, xususan Moskvadan ishchilar guruhi Uchqo‘rg‘on GES bilan birga bu yerdagi qishloq va zavodlar qurilishi uchun kelgan

1970 yilda Moskva ta’minoti asosida kamyob va import maxsulotlar savdosi yo‘lga qo‘yilgan vaqt uning oltin davri edi. Sovet tuzumi parchalangach, ushbu aholi manzilining iqtisodiy o‘sishi inqirozga yuz tutdi. Shaharchaning ish o‘rni va ta’minoti manbai hisoblangan zavodlar yopildi Mahalliy aholi bozor savdosi, dehqonchilik, mehnat muhojirligi, xususan Moskvaga borib turli ishlar bilan shug‘ullandi. Natijada bir guruh mehnat muhojirlari Moskvada ishlab topgan mablag‘larini Shomoldi-Soyga yuborishdi.

Manbaalar: Arxiv fotoxujjatlari: Qirg‘iz Respublikasi Kinofotoxujjatlar markaziy arxivi, O‘zbekiston Resspublikasi Markaziy Kinofotofono arxivi, Uchqo‘rg‘on GES, Shomoldi-Soy muzeyi, Shomoldi-Soy aholisining oilaviy albomlari.
Davriy nashrlar: A.Usmonov nomidagi Qirg‘iz Respublikasi milliy kutubxonasi: Sovet Qirg‘izistoni 1 aprel, 1962 №78 (10158); Sovet Qirg‘izistoni 1 noyabr, 1962 №259 (10339); “Lenin jolu”. 09.01.1962
Zamonaviy: Muallif kadrlari, “Odnoklassniki” saytining onlayn platformasidan olingan mualliflik foto suratlari – “Norin GES – Shomoldi-Soy”; “Odnoklassniki” saytining faol foydalanuvchisi ABVG ABVG ning fotosuratlari – “Norin GES – Shomoldi- Soy”.

p4-1024x781-1.jpg