Category Archives: Muqobil

Boshlanish 2019, Muqobil, Norin

2350 yil Norinda kechki ovqat, 2019

Jann Feo de la Kroa, Dinara Kanibek qizi, Ayday Maksatbekova, Deniz Nazarova,  Zulayxo Esentaeva

Installyasiya

2548 yil. Antropologiya fanlari doktorlari Ayday Maksatbekova, Jann Feo de la Krua, Deniz Nazarova, Dinara Qanibek qizi va Zulya Esentaeva olamshumul yangilik qildilar. Ular qadimiy Norindan 2350 yilga oid plastik davriga tegishli artefaktlarni topdilar. 

Olimlar tadqiqotlariga ko‘ra, ushbu artefaktlar o‘tmish ajdodlarimiz tomonidan oziq-ovqatlar uchun foydalanilgan plastik buyumlar qoldiqlari ekan. Aholi o‘zlarining manzillarini no’malum sababga ko‘ra tark etishgan, lekin oziq-ovqatlar stolda tegilmasdan qolib ketgan. Bu davr o‘tish davri bo‘lib, bu davrda tabiat himoyachilari bo‘lgan insonlar tomonidan so‘ngi yuz yillikda oshqozonni modifisiyalashtiruvchi jarrohlik operatsiyasini moliyalashtirish orqali atrof muhitda to‘planib qolgan plastiklarni hazm qildirish davri bo‘lgan.

Tadqiqotchilarning aniqlashicha, organik taomlarni iste’mol qilish barcha insonlarning huquqi hisoblanishini isbotlovchi qarama qarshi harakatlar bo‘lgan. Lekin 2400 yilga kelib barcha insonlar jarrohlik yo‘li bilan plastikni hazm qiladigan oshqozonga ega bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘lgan.

Boshlanish 2019, Muqobil

Boyterak, 2019

Aybek Samakov, Zulya Yesentaeva, Norinbek Qozibekov, Dinara Qanibek qizi

Installyasiya 

Sirdaryo quyi oqimidagi  daryo, kanal va ariqlar bo‘ylab zich qamishzorlar uchraydi. Mahalliy aholi xo‘jaligi va iqtisodida qamish muhim ahamiyat kasb etgan. Aholi tilida yozgi qamish «pshen» deb nomlanib, xonaki  chorvachilikda yem-xashak sifatida foydalaniladi. «Pashin» yoki «shom» deb nomlangan qishgi qamish qalin bog‘lam qilinib, qurilishda ishlatiladi. Uyning devorlari pashin bilan to‘ldiriladi, bir qator qilib terilgan qamish bog‘lamlari esa to‘sin vazifasini bajaradi. Hozirda qamishni “eski” va “urfdan qolgan” qurilish materiali deb hisoblaydiganlar birmuncha ko‘payib bormoqda.

Masalan, “pashinli” uylarning egalari uning ortidan kredit ololmaydilar. Ko‘pchilik esa pishgan g‘ishtdan uy qura boshladi, eshiklarni esa metall qoplamalardan tayyoralashadi. Bunday o‘zgarishlar “rivojlanish” sifati tarzida qabul qilinmoqda. Holbuki, “rivojlangan” mamlakatlarda uylarni g‘isht va metalldan ko‘ra qamishga o‘xshagan ekologik materiallardan foydalanish keng urfga aylanmoqda. Mustaqil Qozog‘istonning ramzlaridan biri bo‘lgan – Boyterak nusxasi qamishdan yasalib, qamishni kelajakda qurilish materiali sifatida o‘z o‘rniga ega, degan g‘oyani ilgari suradi.

K. Mambetaliev nomidagi Norin davlat tarixiy-etnografik muzeyi kolleksiyasidan

baiterekup-1024x682-1.jpg
Boshlanish 2019, Muqobil, Xo‘jand

Begonalar kirishi ta’qiqlanadi, 2019

Moxira Suyarqulova, Nozik Abilg‘ozieva, Oltin Kapalova, Oksana Kapishnikova, Ayday Maksatbekova, Liya Sozashvili, Ol’cha Shetinina, Zulya Esentaeva
Kollajlar

Xo‘jandda Moxira Suyarqulova Qayroqqum suv omborining (hozirda “Tojik dengizi” deb nomlanadi) shahar va “yovvoyi” sohilida, Sirdaryo sohilida choyxona va mayxonalarda narda o‘ynab o‘tirganlar, baliqchilar va cho‘milayotganlar orasida ayollarning bo‘lishi noodatiy bo‘lib, an’anaviy tartib- qoidalarini savol ostiga qo‘yishligiga e’tibor qaratdi. Moxiraning ayollar oldida erkaklarning cho‘milish kiyimida sohil bo‘ylab yurishlari va cho‘milishlari hayratda qoldirdi. Chunki aksariyat ayollar suzishni bilmas edi.

Moxiraga yechinish noqulay bo‘ldi va u kiyimda suzishga qaror qildi. Kiyimi xo‘l bo‘lib, uning tanasiga yopishdi. Demak, xotin-qizlarning cho‘milmasliklari bejizga emas ekan.
Tarixan butun dunyoda suzishni bilish va suza olmaslik jamiyatdagi tengsizlikni o‘zida aks ettiradi. Ayollar uchun ko‘p hollarda erkaklarda mavjud resurslar va ko‘nikmalarga, jumladan suv havzalari bilan bog‘lik imkoniyatlarga ruxsat yo‘q. Bunday suzish imkoniyatining yo‘qligi va suv havzalariga nisbatan ta’qiq ayollar uchun ba’zan salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.


Xo‘janddagi suv havzalarida ayollarning cho‘kish holatlari ko‘pincha uchrab turgan. So‘g‘d tumanida o‘z joniga suiqasd qilish holatlari erkaklarga nisbatan ayollar o‘rtasida ko‘p bo‘lgan. O‘z joniga suiqasd qilishning asosiy sababi – xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlik hisoblanadi. Ushbu kollaj tadqiqotchilar jamoasi tomonidan yuqoridagi kuzatuvlar asosida “Suv jodugari” tarzida yaratildi.