Begonalar kirishi ta’qiqlanadi, 2019

Moxira Suyarqulova, Nozik Abilg‘ozieva, Oltin Kapalova, Oksana Kapishnikova, Ayday Maksatbekova, Liya Sozashvili, Ol’cha Shetinina, Zulya Esentaeva
Kollajlar

Xo‘jandda Moxira Suyarqulova Qayroqqum suv omborining (hozirda “Tojik dengizi” deb nomlanadi) shahar va “yovvoyi” sohilida, Sirdaryo sohilida choyxona va mayxonalarda narda o‘ynab o‘tirganlar, baliqchilar va cho‘milayotganlar orasida ayollarning bo‘lishi noodatiy bo‘lib, an’anaviy tartib- qoidalarini savol ostiga qo‘yishligiga e’tibor qaratdi. Moxiraning ayollar oldida erkaklarning cho‘milish kiyimida sohil bo‘ylab yurishlari va cho‘milishlari hayratda qoldirdi. Chunki aksariyat ayollar suzishni bilmas edi.

Moxiraga yechinish noqulay bo‘ldi va u kiyimda suzishga qaror qildi. Kiyimi xo‘l bo‘lib, uning tanasiga yopishdi. Demak, xotin-qizlarning cho‘milmasliklari bejizga emas ekan.
Tarixan butun dunyoda suzishni bilish va suza olmaslik jamiyatdagi tengsizlikni o‘zida aks ettiradi. Ayollar uchun ko‘p hollarda erkaklarda mavjud resurslar va ko‘nikmalarga, jumladan suv havzalari bilan bog‘lik imkoniyatlarga ruxsat yo‘q. Bunday suzish imkoniyatining yo‘qligi va suv havzalariga nisbatan ta’qiq ayollar uchun ba’zan salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.


Xo‘janddagi suv havzalarida ayollarning cho‘kish holatlari ko‘pincha uchrab turgan. So‘g‘d tumanida o‘z joniga suiqasd qilish holatlari erkaklarga nisbatan ayollar o‘rtasida ko‘p bo‘lgan. O‘z joniga suiqasd qilishning asosiy sababi – xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlik hisoblanadi. Ushbu kollaj tadqiqotchilar jamoasi tomonidan yuqoridagi kuzatuvlar asosida “Suv jodugari” tarzida yaratildi.