Yuqori Norin Portreti (QIRG’IZISTON)
Norin suvi boymi yoki suv kammi?
Qirg’iziston tog’lari odatda O‘rta Osiyoning unumdor vohalariga “suv yetkazadigan minorasi” deb ataladi. Lekin ushbu baland tog’li vodiyning Norin oqimi bir necha yuz chaqirimi bo’ylab tik qoyalar va nishabliklar ichida chuqur suv manbalarini hosil qilgan.
Buning natijasida Norin suvlarining ozginagina qismi sug’orish va ichish uchun mavjuddir. Daryo shunchalik chuqurlikda joylashganki, ba’zan uni ko’rishning imkoni yo’q.
Garchi tarixiy manbalar bu hududda turli xalqlar yashab o’tgani, shuningdek Xitoy bilan doimiy savdo aloqalari mavjud bo’ganligidan dalolat bersada, Norin odatda „rivojlanmagan va „haqiqiy qirg’izcha“ mintaqa sifatida tushuniladi. Bugungi kunda keng ko’lamli hisoblangan fasliy migratsiya hududi 200 chaqirimgacha cho’zilgan ko’chma chorvachilik iqtisodiyotning asosini tashkil qiladi.
O’rta Osiyoning boshqa davlatlari kabi bu yerda ham oila boshilari oila a’zolaridan birortasini yahshi pul to‘lanadigan ishga joylashga harakat qiladi yoki chet davlatlarga pul ishlashga jo’natadi. Aholi chorvachilikdan tashqari hovlisida yoki dalalarda meva-sabzavotlar yetishtirish bilan shug’ullanadi. Kartoshka yetishtirish qoramollar soni kam bo’lgan kambag’alroq xo’jaliklar uchun ayniqsa muhim mashg’ulotdir. Garchi Norin chorvachilik tumani sifatida mashxur bo’lsada, bu yerda X asrdan qolgan sug’orish tizimi saqlanib kelmoqda. Suv sug’orishga egalik uchun biylar o‘rtasidagi janjallar shunchalik avj olgan ediki, ushbu voqealar yuz yillar davomida xalq xotirasida saqlanib qolgan. Bugungi kundagi suvdan foydalanuvchilar jamiyati orqali suv taqsimoti faoliyati tez-tez tanqidga uchrab turadi. Ko’plab fermerlar buni byurokratiyaning keraksiz va qimmatga tushuvchi darajasi deb hisoblaydi.
Mahalliy aholi Norin viloyatini tasvirlaganda, baland tog’larni, baland adirlardagi yaylovlarni ta’kidlab o’tishadi. Ulardan biri saryog’i va go’shti bilan mashxur bo’lgan Son-ko’ldir.
Daryoni esa kamdan kam holatlarda chiroyli va qadrli deb ta’riflashadi. Ba’zan odamlar “daryo bizning boyligimizdir” deb g’urur bilan aytishadi va shunday boylik to’g’on yo’qligi sabab bekor sarflanayotganidan norozi bo’lishadi. Norinning ko’plab aholisi Norin daryosida bir necha suv ombori tashkil etilishini qo’llab-quvvatlashadi, sababi qaxraton qish va elektroenergiyadagi tez-tez uzilishlar muammolarga olib keladi. Biroq, rus-qirg’iz hamkorligidagi Yuqori Norin GES kaskadi qurilishi 2016 yilda tomonlarning kelishmovchiligi natijasida to’xtab qoldi. Tyan-Shandagi muzliklar iqlim o’zgarishi natijasida tez erib bormoqda: muammo shundaki, haqiqatda ham arzon elektro energiya bilan ta’minlaydigan to’g’onlar uzoq vaqt mobaynida ochiq turishi mumkinmikin? Shuningdek, bunday qurilishlar seysmik aktiv bo’lgan hududda muhim bo’lgan yuqori xavfsizlik standartlari asosida barpo bo’lishi masalasida ham xavotirlar mavjud.
Qurilajak dambalar rejasi. Manbaa: https://saiga20k.livejournal.com