Shamoldi-Soy

Norin daryosi yaqinidagi Shamoldi-Soy (QIRG’IZISTON)

Dunyoning ko’plab aholi manzillari daryolar qirg’oqlarida rivojlangan bo’lib, ular shaharlar hayotida muhim o’rin tutgan. Suv – nafaqat bio-iqtisodiy jihatdan, shu bilan birga, keng ma’noda muhim unsur bo’lgan. Ayniqsa, dunyoning yashil suv havzalarida inson va daryo o’rtasidagigi munosabat yorqin namoyon bo’ladi. Qachonki, inson suv bilan aloqaga kirishgandagina u oddiy molekula H2O dan boshqa ijtimoiy vazifani bajaradi. Ushbu sahifada Siz, Norin daryosi qirg’og’ida joylashgan Shamoldi-Soy shaharchasi aholisining kundalik hayoti bilan tanishasiz. Tadqiqotchi-antropolog Gulzat Bayalieva o’zi tug’ilgan va bolalik yillari o’tgan Ona yurti bilan tanishtiradi.

Ushbu bo’limda sovet davridagi bo’shliqni to’ldirish mavzusidagi bahsning qisqacha sharxi, “xonadonlashtirish” tabiati (“Xavotirdagi Norin” hujjatli film) haqidagi nutqi, infratuzilmaning holati va chegaralarning paydo bo’lishi, shaharchadagi harbiylar mavzularida qisqacha ma’lumot berilgan. Bundan tashqari, “Shaxs” bo’limida mazkur manzilda yashovchi odamlar va resurslarning doimiy migratsiyasi haqida “Oqimlar” art-konstruktsiyasi namoyish etiladi. 

Yetti yo’lning chorraxasi 

Shamoldi-Soy shaharchasi bir necha gidroelektr stansiyalar qurilishida ishtirok etgan quruvchilar shahri hisoblanadi. Norin daryosida qurilgan dastlabki gidroinshootlar – Uchqo’rg’on, Kurp-Soy, To’qtogul, Toshko’mir va Shamoldi-Soy bo’lgan. Uchqo’rg’on GESi Norin kaskadining to’ng’ichidir. 1960-yillarda u “eng qudratli” (180 MVt) bo’lgan bo’lsa, hozirda mamlakatdagi eng past quvvatli GESlardan biridir. 1956-yilda Norin daryosida birinchi GES qurilishi uchun vaqtinchalik vazifani bajargan Shamoldi-Soy yillar o’tgan sari kengayishda davom etgan. XX asrning 90-yillarida, SSSR qulaganidan so’ng, shahardagi fabrikalarning yopilishi va sanoatning pasayishiga qaramay, be erda hayot izchil davom etdi. Dastlab 3000 kishiga mo’ljallangan Shamoldi-Soyda hozirda 18000 dan ortiq aholi yashaydi. Sobiq sanoat shaharchasining muvaffaqiyati uning geografik joylashuvi bilan bog’liq bo’lib, u yetti yo’lning choraxasida joylashgan. Shamoldi-Soy ma’muriy jihatdan Toshko’mir shahriga bo’ysunadi va 6 ta aholi manzillari – Shamoldi-Soy shaharchasi, Tendik qishlog’i, Kuduk-Soy qishlogi, Qizilolma qishlogi, Qashqulak-Soy qishlogi va Chuyy-Soy qishlogiga xizmat ko’rsatadi. Shamaldi-Soy shaharchasi viloyat markazi – Jaloloboddan 110 km, Toshko’mir shahridan esa 34 km uzoqlikda joylashgan. 

Shamaldi-Soy tarvuzlari 

Shamoldi-Soy nomi mamlakatning boshqa mintaqalarida tarvuzlar bilan mashur bo’lgan bo’lib, 2000-yillardan boshlab “Shamoldi-soy tarvuzlari” brendga aylangan. Aynan shu davrdan boshlab Bishkek va boshqa manzillarga yetkazib berish keng ommalashgan. Tarvuzlar Shamoldi-Soydan tashqari qo’shni Qiziljar va Qizil-Tuu qishloqlarida ham yetishtiriladi. Har yili tarvuz mavsumi Shamoldi-Soyda boshlanib, so’ngra O’sh-Bishkek yo’lidagi qovun-tarvuz bozori orqali boshqa mintaqalarga yetkazib beriladi. Qolaversa, yozda safar uchun chiqqan yo’lovchilar ham doimo bu manzilda shirin va arzon “Shamoldi-soy tarvuzlari”ni sotib olish uchun to’xtashadi. 

“Shamoldi-Soyda shamoldan boshqa hech narsa yo’q edi”

 Qirg’iz tilidan tarjima qilingan “Shamoldisoy” nomi “shamolli vodiy” degan ma’noni anglatadi. Shaharchada yashovchi keksalarning aytishicha, oldinlari bu yerda ot va chavandozni uchiradigan darajada shamol bo’lgan. Hozir ko’p qavatli uylar qurilgan vaqtda ham kuchli shamol bo’lsa daraxtlarni qo’porib, elektr simlarini uzib yuborishi mumkin. Aholi orasida sovet davri modernizatsiyasi va bo’shliqni to’ldirish bilan bog’liq xotiralar saqlanib qolgan. Shu sabab aholi  Shamoldi-Soyda shamoldan boshqa hech narsa bo’lmagan deb hisoblashadi. Ko’pincha odamlar bu yer “tashlandiq” bo’lganini, to’g’on qurilishidan oldin odam izlari bo’lmaganligini ta’kidlashadi. Bu yerdagi hayot, ularning fikriga ko’ra, 1956-yilda sovetlarning elektrlashtirish loyihasi boshlangandan keyingina rivojlangan. Haqiqatdan ham shundaymi? Ha, hayot va urbanizatsiya rivoji Norin daryosida birinchi  Uchqo’rg’on GESi qurilishi bilan bog’liq holda boshlangan. Ammo, ushbu sanadan oldin bu yerda shamoldan tashqari yana bir narsa bo’lishi kerak edi? Keling, bo’shliq va “inson izlari” ni ko’rib chiqaylik. Qishloqning kirish qismida dalalar bo’ylab rel’slar bor va ular hali ham mavjud. Vaqti-vaqti bilan, vagonlari bo’lgan ishlab chiqarish poyezdlari ushbu relslar orqali ko’mir yoki temir tashiydi. Demak, bu yerda shamoldan tashqari boshqa narsalar ham bo’lgan va bu manzilda odamlar ham yashagan. Qolaversa Tosko’mir – Uchqo’rg’on temir yo’l liniyasida joylashgan (1936) xuddi shu nomdagi tashlandiq “Shamaldi-Soy” temir yo’l stantsiyasi yuqoridagi fikrimizni tasdiqlaydi. Bundan tashqari bu yerda aynan o’sha yillarda qurilgan va hozirda qisman saqlanib qolgan kazarmalar ham bo’lgan. Xullas, Shamoldi-Soyda gidroelektr stantsiyasi qurilishidan oldin ham inson izi bo’lgan. Jumladan, barak va temir yo’ldan tashqari jediger qabilasining mahalliy jangchilar haqidagi og’zaki hikoyalari ham bo’lgan. Og’zaki tarixga ko’ra, XVIII–XIX asrlarda mahalliy qahramon Bazil Baatirning Shamaldi-Soy vodiysi orqali Norin daryosida porti bo’lgan. Odamlar bu yerga yig’ishlib, mollarini sug’organ va oqshomlari bu yerda tunashgan. Chap qirg’oqdagi qabilalar, xususan, jediger, o’zbek bozorlariga borish uchun Shamaldi-Soyda daryodan olib o’tgan. O’ng qirg’oq aholisi – Saruu qabilasi va Talasning mahalliy aholisi – Noring daryosidan Shamaldi-Soydan o’tib, jediger marosimiga borishgan. 

Ichimlik suvi 

Markaziy Osiyoning boshqa mintaqalarida bo’lgani kabi, Shamaldi-Soy va uning atroflaridagi qishloqlarda ham ichimlik suvi muammodir. Bu erdagi ichimlik suvi muammosi suv ta’minoti infratuzilmasi bilan bog’liq. Mahalliy aholi ichimlik suvining muntazam ravishda taqchilligiga odatlangan. Yillar davomida suv haftada bir marta chorshanba kuni o’chirilgan. Bu muntazam ravishda “tozalash-suv qurish” ishlari bilan izohlansada suv tizimi katta ta’mirga muhtoj. Suv ta’minoti tarmog’i 1957-yilda Shamaldi-Soyning markaziy uchastkalarida barpo etilgan. Bugungi kunda tizimning 80% eskirgan. Suv to’g’ridan-to’g’ri Norin daryosidan keladi va filtrsiz ichiladi. Aholini suv haqida turlicha qarashlari bo’lib ko’pchilik suvning tozalanganligi va uning tarkibi qanday ekanligini bilmaydi. Yaqin atrofdagi qishloqlar suv bilan ta’minlanmaganligi sababli, ular to’g’ridan-to’g’ri Norindan suvni kolbalar, sisternalar va chelaklarda tashib kelishadi. Agar 90-yillarda Tendik qishlog’ida rokkerlardan foydalanilgan bo’lsa, endi ularni eshaklar yoki mashinalar yordamida tashiydi. Iqtisodiy jihatdan suvdan foydalanish uchun hovlilarda quduqlar qazilib, xovuzlar qazilgan. 

Chegaralar 

“Shamaldi-Soy” O’zbekistonning Uchqo’rg’on shahri bilan chambarchas bog’liq bo’lgan bo’lib, avtomobil aloqasi uchta yo’nalish: 1. “Shamaldi-Soy”– Uchqo’rg’on stansiyasining filialidan temir yo’l yo’llar orqali; 2. Paxta punkti orqali ; 3 Ittifoq qulaganidan so’ng,  Norin daryosi bo’ylab ko’prik (Qiziljar qishlog’i) orqali o’tgan. Sovet ittifoqi qulab, mintaqa davlatlari milliy mustaqillikka erishganidan so’ng  chegaralarni delimitatsiya va demarkatsiya qilish boshlandi. Bu darhol sodir bo’lmadi va uzoq yillar davomida amalga oshirildi. Bu jarayonda xalqaro tashkilotlar harbiylar va chegarachilarni o’qitish va moliyalashtirishga yordam berdi. Farg’ona vodiysining tartiblanmagan boshqa mintaqalaridan farqli ravishda Shamoldi-Soyda qo’shni mamlakat bilan bahsli hududlar yo’q. 2000-yilda diniy ekstremizm va “Botken voqealari” munosabati bilan O’zbekiston Uchqo’rg’on avtomobil  yo’lini qazib, simlar tortib, yo’lni to’sib qo’ydi. Ko’prik demontaj qilindi. Shamoldi soy O’zbekistondan to’lig’icha uzib qo’yildi. Mahalliy xalqaro oilalar ajralishning og’ir yillarini boshdan kechirdilar. Ular qarindoshlari bilan uchrashish uchun qolish yoki ko’chib ketish to’g’risida qaror qabul qilishlari kerak edi. 2003-yilda bu manzilda ham chegara xizmati paydo bo’ldi va harbiy kuchlar joylashtirildi. Butun Jalolobod viloyati bo’ylab chegara xizmatining asosiy shtabi Shamaldi-Soyda tashkil etishga qaror qilindi. Shunday qilib, tashlab qo’yilgan sobiq 108-sonli kasb-hunar maktabi chegarachilar uchun boshpana va avtoulov bazasi harbiy kuchlar shtabiga aylandi. Ular maxsus muhofaza qilinadigan hududlar, shu jumladan, gidroelektr stantsiyalari hisoblanadi. Bugungi kunda qishloqda harbiylar va chegarachilarning bir paytlar kutilmagan tarzda paydo bo’lishi odatiy va o’z-o’zidan ravshan hodisaga aylandi.