Category Archives: Location

Location

Қазали

Қизилўрда вилоятининг Казалинск тумани Сирдарёнинг қуйи оқимида жойлашган. Туман нуфуси қарииб 80 минг киши бўлиб, аҳолининг асосий қисми темир йўл бекати атрофида пайдо бўлган шаҳар типидаги Aйтекеби аҳоли пунктида яшайди. Маҳаллий иқтисодиётда темир йўл асосий тармоқ ҳисобланади. Қишлоқ аҳолиси шоли етиштиради, чорвачилик, балиқ овлаш, қамиш йиғиш билан шуғулланади. Полиз экинларидан қовун экилади.

Аҳоли асрлар давомида Сирдарё сувидан аҳоли ичимлик суви сифатида фойдаланишган. Бироқ, 2000 йиллардан бошлаб дарё суви ифлослангани боис ичимлик суви сифатида фойдаланилмайди ва асосан деҳқончиликда суғориш мақсадида қўллланилади. 1963-1970 йилларда Баскара қишлоғида сувни каналлар тармоғи орқали бошқариладиган асосий гидротехник иншоот – Казалинск гидроэлектр мажмуаси қурилган. Минтақадаги асосий каналлар совет ҳукуматигача бўлган даврда кичик юз(жуз) томонидан қазилган ва совет даврида эса улар кенгайтирилиб, ўзани чуқур қилинган. Кўпинча каналларни қазиган уруғлар номи берилган.

Сирдарё «сир» ва «қир» деб номланган икки географик ва ижтимоий макон ўртасидаги чегара ҳисобланади. «Сир» – бу дарё бўйидаги ҳудудлар бўлса, «қир» – бу дарёнинг шимолида жойлашган Қорақум чўлидир. Дарёнинг жанубида Қизилқум саҳроси жойлашган. «Сир-қир» қарама-қарши ибора ва таққослаши кўпинча миграция, маданий хусусиятларни тавсифлашда, шунингдек, ҳудудга хос ҳазил ва аскияларда кенг қўлланилади.

Сирдарё ҳақидаги маълумотлар дарёни ким тасвирлаётганига қараб билан фарқ қилади. Ахборотчиларнинг аксарияти учун Сирдарё бир хил ва «табиий» кўринишга эга бўлса, маҳаллий миқёсда дарё янада мураккаб «табиий ва техник тизим» га ўхшайди. Дарёнинг афзалликларидан иншоотларни қуриш орқали фойдаланиш аҳоли томонидан хайрли иш сифатида қабул қилинса, «тартибга солинадиган» дарё йилига икки марта сув босган вақтдан ташқари даврда «буюк бўлмаган» дарё сифатида қабул қилинади. Aҳоли орасида тўлиб оқаётган дарё ўзига кўпроқ эътиборни уйғотган вақтда, «тартибга солинадиган» дарё аҳоли томонидан камроқ эътиборга олинади. Махаллий аҳоли орасида аосан тошқин ва қурғоқчилик ҳақидаги воқеалар оғзаки тарих материаллари сақланиб қолган.

Қазали гидроузелини қурилиши

2020 йили Қазали ГЭС ўзининг эллик йиллигини нишонлади. Сирдарёда “иккинчи гигант» деб номланган гидроэлектр мажмуаси қурилиши 1963 йили бошланиб, 1970 йилда тугатилган. Тарихга назар солсак, совет ҳукумати 1939 йилда Сирдарёда Қизилўрда, Янгиқўрғон ва Казалинск тўғонларини қуриш тўғрисида қарор қилганлигини кўриш мумкин. Бироқ, ушбу тўғонларни қуриш турли сабабларга кўра кечиктирилди. Масалан, Қазали тўғонини қуриш бўйича лойиҳа топшириғи КозоғистонССР Вазирлар кенгашининг 1961 йил 15 февралдаги 165-сонли қарори билан тасдиқланганига қарамай, Қозоғистон Давлат режалаштириш қўмитаси, таклифларига зид равишда вилоят ва Қозоғистон Сув хўжалиги вазирлиги томонидан ушбу тўғон қурилиши 1962 йил режасига киритилмаган.

1963 йил қурилиш ишлари бошланиб, унинг дастлабки ҳажми 13,2 миллион рублни ташкил қилган. Гидроузелда иш ҳажми 17,1 миллион рублни ташкил этди, жумладан, қурилиш монтажи учун 14,5 миллион рубл бўлди. Қурилиш ҳажми дастлабки ҳисоб-китобга нисбатан 4 миллион рублга кўпайган. Гидроузелнинг қурилиши «Қизилородводстрой» трести томонидан амалга оширилди. Қурилиш вақтида мажмуа ўз вақтида цемент, катта ҳажмдаги мустаҳкам пўлат ва бошқа зарур ашёлар билан таъминланмаган. 1969 йил 8-декабрда дарё тўсилиб, гидроэлектрстанциянинг вақтинча ишлатилган. Сирдарё тўсилгандан кейин 1970 йил 8 октябргача бирор бир салбий ҳодиса юз бермаган ва 1970 йилда гидроузел фойдаланишга топширилган.

Location

Xo’jand

Xo’jand Tojikistonning shimolidagi shahar bo’lib, So’g’d viloyatining ma’muriy markazidir. Xo’jand aholi soni ko’pligi bo’yicha Dushanbedan keyin ikkinchi o’rinda turadi. 2019 yil 1 yanvar holatiga u yerda 181 600 kishi yashardi. Xo’jand Markaziy Osiyoning eng qadimiy shaharlaridan biridir. Boshqa qadimiy shaharlarga daryo bo’yida asos solingani kabi Xo’jand ham Sirdaryo daryosi bo’yida tashkil topgan.

Xo’jand – abadiy shahardir, Sirdaryo esa qisman shahar daryosi hisoblanadi. Daryo shaharning markaziy o’qi bo’lib, uning Chap va O’ng qirg’oqlaridagi majoziy, tarixiy va ma’naviy jug’rofiyasini tashkil etadi.

Hujand6-compressed.jpg

Uzoq yillik mavjudligi davomida Xo’jand shahri huddi u atrofida tashkil topgan daryo kabi turlicha nomlangan. Shahar ham, daryo ham ko’plab o’zgarishlar va transformatsiyalarga uchragan. Daryo infrastrukturasida muhim o’zgarishlar ro’y bergan – ko’priklar va GES qurilgan, qishloq xo’jaligi yerlarini sug’orish uchun kanallar sistemasi tashkillashtirilgan, sanoat korxonalari barpo etilgan. Natijada shahar va uning atrofidagi hayvonot, o’simlik, ekologik, iqtisodiy va ijtimoiy hayot tubdan o’zgargan. Viloyatning o’zi ham bir necha bor ma’muriy mansubligini o’zgartirib, bir davlat egaligidan boshqa davlat tuzilmasiga o’tgan   Viloyat aholisi ham migratsiya, bosib olishlar va boshqa siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlarda o’zgarib turgan.

Hujand7-compressed.jpg

Xo’jand shahriga tarixiy manbaalarga ko’ra Aleksandr Makedonskiy asos solgan. U hududni zabt etishi munosabati bilan Aleksandriya Esxata (Uzoqdagi Aleksandriya) deb nomlangan. Rus imperiyasi kolonizatsiyasi davrida Xodjent deb nomlashga qaror qilingan, Sovet davrida 1936-1991 yillar oralig’ida esa shahar Vladimir Ilyich Lenin sharafiga Leninobod deb nomlangan. Daryo ham turli tarixiy davrlar mobaynida Tanais, Yaksart va Sirdaryo kabi cilma-xil nomlar bilan atalgan.

Eramizning II asrida tarixchi Flaviy shunday yozgan:  “Uning o’zi (Makedonskiy) Tanais daryosi bo’yida o’zining nomida shahar tuzishga qaror qildi”. Qadimiy Xo’jand savdo va hunarmandchilik markazi bo’lgan. Mahsulotlar tashishda Sirdaryo suzgan kemalardan foydalannilgan.Ularga xizmat ko’rsatish uchun shahar ro’parasida Choch va Farg’onadan kelgan savdogarlar uchun karvonsaroylar mavjud bo’gan. X asr geografi Muqaddasiy yozgan: “Xo’jand – zavq beruvchi shahar, u tomonda undan boshqa yoqimli shahar yo’q. Shahar o’rtasidan daryo oqib o’tadi va tog’larga ulanib ketgan…, u yerning donishmandlari va shoirlari maqtovdadir”. Xo’jand shuningdek Boburnomada ham qayd etilgan.

 Daryo xujumkorlardan mudofaada ham muhim rol o’ynagan. Temur Malikning 1220 yili Chingizxon qo’shinlaridan Xo’jand himoyasi bunga misoldir

 “Shahri nav” (Yangi shahar” – Rus imperiyasi bosqinidan so’ng Xo’janddagi mustamlaka hududi shunday nom olgan. Rus qismi uchun hudud daryo orqali shahar qal’asidan  to yog’och ko’prikkacha cho’zilgan  bo’lib, Sirdaryo va shahar o’rtasidagi tor chiziq bo’ylab ajratilgan. Bu hududni tez-tez suv bosib turgan. Hukmronlikning 9-yili rus kvartalida aholi ko’payib ketishi natijasida temir yo’l stansiyasi yaqinida rus mahallasi uchun joy ajratilgan.

Hujand8-compressed.jpg

“1866 yil 17-24 may kunlari  mustahkamlangangan Xo’jand shahri qamali va uning bosib olinishi”.

Lenin shahri

1936-1991 yillar oralig’ida Xo’jand Leninobod yoki “Lenin shahri” deb nomlangan. Sovetlar rivojlanish dasturining asosiy qismi butun mamlakatni elektrlashtirish bo’lgan. O’rta Osiyodagi tog’lardan oquvchi daryolarda yirik GESlarni qurish loyihalari nafaqat infrastruktura tuzilmalari, balki kommunizm qurish yo’lidagi tabiatni o’zgartirishning yirik maqsadi sifatida ham qaralgan. Dastlabki sovet davri manbaalari huddi 1960 yillardagi kabi GESlar qurilishi jarayonini “yovvoyi daryoni qo’lga olish” va “Och dashtni bo’ysundirish” kabi qahramonona so’zlar bilan tasvirlangan. 

Yangi yo’nalish bo’ylab. Litograf V.Pilpenyuk. “Nurek olovlari” kitobidan. Muxarrir V.I.Dashkevich:Irfon,1974
Leninoboddan o’tuvchi Sirdaryoning o’ng qirg’og’idagi Lenin haykali. (“Sovet Tojikistoni”dan: Fotoalbom. Dushanbe:Irfon,1984).

Sovetlar davrida shahar o’ng qirg’oqqa ko’chib o’tdi: yangi sotsialistik Xo’jand Sirdaryoning avval odamlar yashamagan tomonida qad rostladi. Sirdaryonning toshli tog’oldi qismida zamonaviy ko’rinishdagi mikrorayon qurildi. “Xo’jandning me’moriy yodgorliklari” kitobida mualliflar Muqimov va Mamajonavalar shunday yozishgan: “Albatta butun shaharning bezagi Sirdaryo bo’lib, qirg’oqlari yashil bog’ bilan bezalgan betondan “kiyim kiygan”, chiroyli ko’priklar ikki qirg’oqni bog’lab shaharni bir butun qilib turadi” (1993, 32-b.).

Daryo va ijtimoiylik

Daryo  turli xil va noyob ommaviy, shuningdek sirli ijtimoiy munosabatlarning yuzaga kelishiga sabab bo’ladi. Tarixiy manbaalarga ko’ra, Xo’janddagi mahalliy aholi Sirdaryo bo’ylarida asosiy vaqtlarini o’tkazishgan. Bu yerda olovxonalar – erkaklar mehmonxonalari va yig’ilishu uchun guzarlar, shuningdek choyxona va samovarxonalar qurilgan. Ushbu joylarda daryo bo’yidagi yog’och platformalarda so’rilar qo’yilgan bo’lib, ham mehmonxona, ham ovqatlanish vazifasini o’tagan va shaharlik erkaklar uchun bo’sh vaqtlarini o’tkazadigan joy hisoblangan. Hammomlar ham asosan erkaklar uchun atalgan bo’lib, boshqa sharq davlatlariga qaraganda ayollarning hammomga borishi ancha cheklangan bo’lgan.

Bugun ham O’ng qirg’oqdagi jamoaviy plyajda, ko’plab xo’jandliklar (deyarli barchasi erkaklardan iborat) yig’iladi. Ular tong yorishishi bilan yig’ilib jismoniy mashqlar qilishadi, daryoda suzishadi, kechroq choy ichib shaxmat yoki narda o’ynashadi va yangiliklar almashadi. Plyajdan uzoq bo’lmagan shahar ko’prigi ostidagi o’tkinchilarning qiziquvchan nazarlaridan yashiringan sirli mayxonada kun davomida va kechga yaqin erkaklar yig’iladi. Kun botishiga yaqin daryo bo’yida bir necha yolg’iz baliqchilarni qarmoq va qayiqlari bilan uchratish mumkin. Lekin ko’pchiligi yildan yilga o’ljalar kamayib ketayotganidan nolishadi. 

Shuningdek oqimning yuqorisidagi Tojik Dengizi bo’ylarida xo’jandliklar va shahar mehmonlari oilaviy piknikka yig’ilishadi. Tojik Dengizi – 1956 yilda Qayroqqum “Xalqlar do’stligi” GES qurilishi natijasida vujudga kelgan sun’iy suv omboridir. Shunday qilib, daryo bilan aloqalar va uning turli resurslariga yo’l ochilishi kuchli gender ta’siriga ega. 

Gender va suzish 

Moxira Suyarqulova 2017-2018 yillar yozida Xo’jand va uning atroflarida insonlarning daryo bilan o’zaro ta’sirini o’rganish maqsadida dala tadqiqotlarini olib borganda, erkakalar va ayollarning daryoga munosabati turlicha ekaniga amin bo’ldi. Shunday farqlardan biriga daryoda suzishning imkoniyati va yo’l-yo’riqlari turlicha ekanligi misol bo’la oladi. 

Aytilmagan o’zini tutish qoidalariga ko’ra, erkaklar uyalmasdan plavka yoki ichki kiyimning o’zidagigani cho’milishi mumkin. Ayollar esa suvga faqatgina tojikcha uzun ko’ylak va lozimlarda tushishadi. Gender ibo-hayo qoidalari daryo atroflarini ayollar uchun xavfli joy deb belgilaydi – bu yer gender va ijtimoiy tartiblarga ko’ra xavf-xatarga boy va alohida extiyotkorlikni talab qiladi. Suv bo’ylaridagi barcha jamoaviy joylar – Sirdaryo qirg’oqlaridagi plyajlar, basseynlar va choyxonalar erkaklar joylari hisoblanadi. Bundan kelib chiqadiki, ayollarning suzishga o’rganishga imkoniyati yo’q, ularning “ta’qiqlangan” hududlarda paydo bo’lishi obro’siga sezilarli ziyon yetkazishi mumkin.   

Hujand5-compressed.jpg

Tojik dengizi (Qayroqqum suv ombori) plyajidagi bolalar, 2017-yilning yozi. Moxira Suyarqulova fotosi.

Location

Фарғона

Фарғона (O’ZBEKISTON) 

Сирдарё қирғоқларида яшаган Фарғона водийси аҳолиси минг йиллар давомида анъанавий экологик билимларни тўплашга муваффақ бўлган. Маҳаллий аҳоли асрлар давомида суғорма деҳқончилик билан шуғулланганлиги боис ушбу билимларнинг асосий қисми сув билан боғлиқ бўлган. Бироқ, сўнгги юз йилликда водийдаги ўзига хос экотизм инқирозга учраганлиги айни ҳақиқат.

unnamed-compressed.jpg

Маҳаллий аҳолининг сув ва дарёга бўлган муносабати анъанавий экологик билимларнинг қандай кўринишларида намоён бўлади? Сув билан боғлиқ халқ эртаклари, афсоналари, матал ва маросимлари билан бирга муқаддас зиёратгоҳлар, жумладан, Фарғона вилояти Данғара туманида Ҳубби Ота каби муқаддас қадамжолар ҳам шаклланган. Анъанавий экологик билимлар узатувчилари маҳалла оқсоқоллари, мироблар, деҳқонлар, балиқчилар, овчилар ва табиблар бўлган.

Отанг мироб бўлса ҳам, 

Ариқни тозалаб сув ич. 

Бир киши ариқ қазир, 

Минг киши ундан сув ичар.

Гапнинг онаси — қулоқ, 

Сувнинг онаси — булоқ. 

Дарё сувини баҳор тоширар, 

Одам қадрини меҳнат оширар. 

Ер — она, сув — ота, 

Ер — хазина, сув — гавҳар. 

Ер оғаси — худо, 

Сув оғаси — султон.

Инсон умри — дарё суви. 

unnamed-1-compressed.jpg

Экологик тушунчалардан хабардорлик борасида кекса ва ёш авлодда фарқли ҳолатни кузатиш мумкин. Кексалар дарёни “муқаддас”, “сирли”, “она дарё”, “буюк дарё”, деб эътироф этадилар. Бошқачасига ифодалаганда, улар сувни “покловчи” ва “даволовчи” деб, турли касалликларни даволашда ундан фойдаланса, ёшлар эса бу каби тушунчаларни деярли билмайди ёки мавзуга доир мавҳум қарашларга эга. Ëшлар орасида сув билан боғлиқ эътиқодий тушунчалар ва анъанавий экологик билимларнинг унутилишини маҳаллий аҳоли 1980-йилларидан бошлаб Сирдарё сувининг камайиши билан боғлиқ, деб талқин қилади. Қолаверса, маҳаллий аҳоли ХХ асрнинг 80-йилларидан кейин дарё сувидан ичимлик мақсадида эмас, балки асосан, экинларни суғориш учун фойдаланган. 

Ўз ўрнида шуни қайд этиш керакки, сув билан боғлиқ эътиқодий қарашлар ва билимларни ривожлантириш, дарё, канал ҳамда ариқ каби сув ҳавзаларининг ифлосланишини олдини олишга қаратилган кенг маънодаги “экологик маданият”ни оммалаштириш мақсадида маҳаллий тадбиркор ва фермерлар ёшлар ўртасида турли мусобақа ҳамда интелектуал ўйинлар ташкиллаштиради.

Минтақадаги асосий эътиқод манбаи бўлган ислом дини ҳам сувдан унумли фойдаланишни кенг тарғиб қилади. Шунингдек, сув билан боғлиқ маҳаллий эътиқодий қарашлар ва афсоналар ҳам Фарғона водийсида сув бошқа унсурлар қаторида муқаддас ҳисобланишидан далолат беради. Сув билан боғлиқ маҳаллий қарашларга кўра, сув нафақат ташналикни қондирувчи восита, шу билан бирга даволовчи ва покловчи хусусиятга ҳам эга бўлган. 

Хуллас, Фарғона водийсидаги сув билан боғлиқ маҳаллий тушунча ва қарашларни рамзий эътиқод (тозалик, покловчи, даволовчи ва ҳ.к.) ва амалий билимлар (масалан, суғориш усуллари)га бўлиш мумкин. Шунингдек, водийда дарё номи билан боғлиқ бўлган Сирдарё, Сайҳун ва Дарё каби антропонимлар ҳам мавжуд бўлган. 

Мироблар – 2019

“Мироблар” хужжатли. фильмида Марказий Осиё минтақасида энг қадимги касблардан бири бўлган мироблик, яъни сув ишлари билан шуғулланувчи шахслар ҳақида маълумот берилган. Мироблар қадимдан суғориш тизими билан шуғулланиб, экинларни сув билан таъминлаб берган ва канал ҳамда ариқлардаги сувни назорат қилган. Шунингдек, улар ирригация иншоотлари тозалиги ва самарадорлигига жавобгар шахс ҳисобланган. 

Водийда сулолавий мироблар ҳам мавжуд бўлиб, улар доимо ўзларинг сув билан боғлиқ билимларини авлодларга етказган. Қолаверса, мазкур фильмда мироблар билан боғлиқ архив материаллари ва водийлик мироб-мутахассислар билан бўлган интервюлар ҳам акс этган.

Location

Shamoldi-Soy

Norin daryosi yaqinidagi Shamoldi-Soy (QIRG’IZISTON)

Dunyoning ko’plab aholi manzillari daryolar qirg’oqlarida rivojlangan bo’lib, ular shaharlar hayotida muhim o’rin tutgan. Suv – nafaqat bio-iqtisodiy jihatdan, shu bilan birga, keng ma’noda muhim unsur bo’lgan. Ayniqsa, dunyoning yashil suv havzalarida inson va daryo o’rtasidagigi munosabat yorqin namoyon bo’ladi. Qachonki, inson suv bilan aloqaga kirishgandagina u oddiy molekula H2O dan boshqa ijtimoiy vazifani bajaradi. Ushbu sahifada Siz, Norin daryosi qirg’og’ida joylashgan Shamoldi-Soy shaharchasi aholisining kundalik hayoti bilan tanishasiz. Tadqiqotchi-antropolog Gulzat Bayalieva o’zi tug’ilgan va bolalik yillari o’tgan Ona yurti bilan tanishtiradi.

Ushbu bo’limda sovet davridagi bo’shliqni to’ldirish mavzusidagi bahsning qisqacha sharxi, “xonadonlashtirish” tabiati (“Xavotirdagi Norin” hujjatli film) haqidagi nutqi, infratuzilmaning holati va chegaralarning paydo bo’lishi, shaharchadagi harbiylar mavzularida qisqacha ma’lumot berilgan. Bundan tashqari, “Shaxs” bo’limida mazkur manzilda yashovchi odamlar va resurslarning doimiy migratsiyasi haqida “Oqimlar” art-konstruktsiyasi namoyish etiladi. 

Yetti yo’lning chorraxasi 

Shamoldi-Soy shaharchasi bir necha gidroelektr stansiyalar qurilishida ishtirok etgan quruvchilar shahri hisoblanadi. Norin daryosida qurilgan dastlabki gidroinshootlar – Uchqo’rg’on, Kurp-Soy, To’qtogul, Toshko’mir va Shamoldi-Soy bo’lgan. Uchqo’rg’on GESi Norin kaskadining to’ng’ichidir. 1960-yillarda u “eng qudratli” (180 MVt) bo’lgan bo’lsa, hozirda mamlakatdagi eng past quvvatli GESlardan biridir. 1956-yilda Norin daryosida birinchi GES qurilishi uchun vaqtinchalik vazifani bajargan Shamoldi-Soy yillar o’tgan sari kengayishda davom etgan. XX asrning 90-yillarida, SSSR qulaganidan so’ng, shahardagi fabrikalarning yopilishi va sanoatning pasayishiga qaramay, be erda hayot izchil davom etdi. Dastlab 3000 kishiga mo’ljallangan Shamoldi-Soyda hozirda 18000 dan ortiq aholi yashaydi. Sobiq sanoat shaharchasining muvaffaqiyati uning geografik joylashuvi bilan bog’liq bo’lib, u yetti yo’lning choraxasida joylashgan. Shamoldi-Soy ma’muriy jihatdan Toshko’mir shahriga bo’ysunadi va 6 ta aholi manzillari – Shamoldi-Soy shaharchasi, Tendik qishlog’i, Kuduk-Soy qishlogi, Qizilolma qishlogi, Qashqulak-Soy qishlogi va Chuyy-Soy qishlogiga xizmat ko’rsatadi. Shamaldi-Soy shaharchasi viloyat markazi – Jaloloboddan 110 km, Toshko’mir shahridan esa 34 km uzoqlikda joylashgan. 

Shamaldi-Soy tarvuzlari 

Shamoldi-Soy nomi mamlakatning boshqa mintaqalarida tarvuzlar bilan mashur bo’lgan bo’lib, 2000-yillardan boshlab “Shamoldi-soy tarvuzlari” brendga aylangan. Aynan shu davrdan boshlab Bishkek va boshqa manzillarga yetkazib berish keng ommalashgan. Tarvuzlar Shamoldi-Soydan tashqari qo’shni Qiziljar va Qizil-Tuu qishloqlarida ham yetishtiriladi. Har yili tarvuz mavsumi Shamoldi-Soyda boshlanib, so’ngra O’sh-Bishkek yo’lidagi qovun-tarvuz bozori orqali boshqa mintaqalarga yetkazib beriladi. Qolaversa, yozda safar uchun chiqqan yo’lovchilar ham doimo bu manzilda shirin va arzon “Shamoldi-soy tarvuzlari”ni sotib olish uchun to’xtashadi. 

“Shamoldi-Soyda shamoldan boshqa hech narsa yo’q edi”

 Qirg’iz tilidan tarjima qilingan “Shamoldisoy” nomi “shamolli vodiy” degan ma’noni anglatadi. Shaharchada yashovchi keksalarning aytishicha, oldinlari bu yerda ot va chavandozni uchiradigan darajada shamol bo’lgan. Hozir ko’p qavatli uylar qurilgan vaqtda ham kuchli shamol bo’lsa daraxtlarni qo’porib, elektr simlarini uzib yuborishi mumkin. Aholi orasida sovet davri modernizatsiyasi va bo’shliqni to’ldirish bilan bog’liq xotiralar saqlanib qolgan. Shu sabab aholi  Shamoldi-Soyda shamoldan boshqa hech narsa bo’lmagan deb hisoblashadi. Ko’pincha odamlar bu yer “tashlandiq” bo’lganini, to’g’on qurilishidan oldin odam izlari bo’lmaganligini ta’kidlashadi. Bu yerdagi hayot, ularning fikriga ko’ra, 1956-yilda sovetlarning elektrlashtirish loyihasi boshlangandan keyingina rivojlangan. Haqiqatdan ham shundaymi? Ha, hayot va urbanizatsiya rivoji Norin daryosida birinchi  Uchqo’rg’on GESi qurilishi bilan bog’liq holda boshlangan. Ammo, ushbu sanadan oldin bu yerda shamoldan tashqari yana bir narsa bo’lishi kerak edi? Keling, bo’shliq va “inson izlari” ni ko’rib chiqaylik. Qishloqning kirish qismida dalalar bo’ylab rel’slar bor va ular hali ham mavjud. Vaqti-vaqti bilan, vagonlari bo’lgan ishlab chiqarish poyezdlari ushbu relslar orqali ko’mir yoki temir tashiydi. Demak, bu yerda shamoldan tashqari boshqa narsalar ham bo’lgan va bu manzilda odamlar ham yashagan. Qolaversa Tosko’mir – Uchqo’rg’on temir yo’l liniyasida joylashgan (1936) xuddi shu nomdagi tashlandiq “Shamaldi-Soy” temir yo’l stantsiyasi yuqoridagi fikrimizni tasdiqlaydi. Bundan tashqari bu yerda aynan o’sha yillarda qurilgan va hozirda qisman saqlanib qolgan kazarmalar ham bo’lgan. Xullas, Shamoldi-Soyda gidroelektr stantsiyasi qurilishidan oldin ham inson izi bo’lgan. Jumladan, barak va temir yo’ldan tashqari jediger qabilasining mahalliy jangchilar haqidagi og’zaki hikoyalari ham bo’lgan. Og’zaki tarixga ko’ra, XVIII–XIX asrlarda mahalliy qahramon Bazil Baatirning Shamaldi-Soy vodiysi orqali Norin daryosida porti bo’lgan. Odamlar bu yerga yig’ishlib, mollarini sug’organ va oqshomlari bu yerda tunashgan. Chap qirg’oqdagi qabilalar, xususan, jediger, o’zbek bozorlariga borish uchun Shamaldi-Soyda daryodan olib o’tgan. O’ng qirg’oq aholisi – Saruu qabilasi va Talasning mahalliy aholisi – Noring daryosidan Shamaldi-Soydan o’tib, jediger marosimiga borishgan. 

Ichimlik suvi 

Markaziy Osiyoning boshqa mintaqalarida bo’lgani kabi, Shamaldi-Soy va uning atroflaridagi qishloqlarda ham ichimlik suvi muammodir. Bu erdagi ichimlik suvi muammosi suv ta’minoti infratuzilmasi bilan bog’liq. Mahalliy aholi ichimlik suvining muntazam ravishda taqchilligiga odatlangan. Yillar davomida suv haftada bir marta chorshanba kuni o’chirilgan. Bu muntazam ravishda “tozalash-suv qurish” ishlari bilan izohlansada suv tizimi katta ta’mirga muhtoj. Suv ta’minoti tarmog’i 1957-yilda Shamaldi-Soyning markaziy uchastkalarida barpo etilgan. Bugungi kunda tizimning 80% eskirgan. Suv to’g’ridan-to’g’ri Norin daryosidan keladi va filtrsiz ichiladi. Aholini suv haqida turlicha qarashlari bo’lib ko’pchilik suvning tozalanganligi va uning tarkibi qanday ekanligini bilmaydi. Yaqin atrofdagi qishloqlar suv bilan ta’minlanmaganligi sababli, ular to’g’ridan-to’g’ri Norindan suvni kolbalar, sisternalar va chelaklarda tashib kelishadi. Agar 90-yillarda Tendik qishlog’ida rokkerlardan foydalanilgan bo’lsa, endi ularni eshaklar yoki mashinalar yordamida tashiydi. Iqtisodiy jihatdan suvdan foydalanish uchun hovlilarda quduqlar qazilib, xovuzlar qazilgan. 

Chegaralar 

“Shamaldi-Soy” O’zbekistonning Uchqo’rg’on shahri bilan chambarchas bog’liq bo’lgan bo’lib, avtomobil aloqasi uchta yo’nalish: 1. “Shamaldi-Soy”– Uchqo’rg’on stansiyasining filialidan temir yo’l yo’llar orqali; 2. Paxta punkti orqali ; 3 Ittifoq qulaganidan so’ng,  Norin daryosi bo’ylab ko’prik (Qiziljar qishlog’i) orqali o’tgan. Sovet ittifoqi qulab, mintaqa davlatlari milliy mustaqillikka erishganidan so’ng  chegaralarni delimitatsiya va demarkatsiya qilish boshlandi. Bu darhol sodir bo’lmadi va uzoq yillar davomida amalga oshirildi. Bu jarayonda xalqaro tashkilotlar harbiylar va chegarachilarni o’qitish va moliyalashtirishga yordam berdi. Farg’ona vodiysining tartiblanmagan boshqa mintaqalaridan farqli ravishda Shamoldi-Soyda qo’shni mamlakat bilan bahsli hududlar yo’q. 2000-yilda diniy ekstremizm va “Botken voqealari” munosabati bilan O’zbekiston Uchqo’rg’on avtomobil  yo’lini qazib, simlar tortib, yo’lni to’sib qo’ydi. Ko’prik demontaj qilindi. Shamoldi soy O’zbekistondan to’lig’icha uzib qo’yildi. Mahalliy xalqaro oilalar ajralishning og’ir yillarini boshdan kechirdilar. Ular qarindoshlari bilan uchrashish uchun qolish yoki ko’chib ketish to’g’risida qaror qabul qilishlari kerak edi. 2003-yilda bu manzilda ham chegara xizmati paydo bo’ldi va harbiy kuchlar joylashtirildi. Butun Jalolobod viloyati bo’ylab chegara xizmatining asosiy shtabi Shamaldi-Soyda tashkil etishga qaror qilindi. Shunday qilib, tashlab qo’yilgan sobiq 108-sonli kasb-hunar maktabi chegarachilar uchun boshpana va avtoulov bazasi harbiy kuchlar shtabiga aylandi. Ular maxsus muhofaza qilinadigan hududlar, shu jumladan, gidroelektr stantsiyalari hisoblanadi. Bugungi kunda qishloqda harbiylar va chegarachilarning bir paytlar kutilmagan tarzda paydo bo’lishi odatiy va o’z-o’zidan ravshan hodisaga aylandi.

Location

Norin

Yuqori Norin Portreti (QIRG’IZISTON) 

Norin suvi boymi yoki suv kammi?

Qirg’iziston tog’lari odatda O‘rta Osiyoning unumdor vohalariga “suv yetkazadigan minorasi” deb ataladi. Lekin ushbu baland tog’li vodiyning Norin oqimi bir necha yuz chaqirimi bo’ylab tik qoyalar va nishabliklar ichida chuqur suv manbalarini hosil qilgan.

Buning natijasida Norin suvlarining ozginagina qismi sug’orish va ichish uchun mavjuddir. Daryo shunchalik chuqurlikda joylashganki, ba’zan uni ko’rishning imkoni yo’q.

Garchi tarixiy manbalar bu hududda turli xalqlar yashab o’tgani, shuningdek Xitoy bilan doimiy savdo aloqalari mavjud bo’ganligidan dalolat bersada, Norin odatda „rivojlanmagan va „haqiqiy qirg’izcha“ mintaqa sifatida tushuniladi. Bugungi kunda keng ko’lamli hisoblangan fasliy migratsiya hududi 200 chaqirimgacha cho’zilgan ko’chma chorvachilik iqtisodiyotning asosini tashkil qiladi. 

O’rta Osiyoning boshqa davlatlari kabi bu yerda ham oila boshilari oila a’zolaridan birortasini yahshi pul to‘lanadigan ishga joylashga harakat qiladi yoki chet davlatlarga pul ishlashga jo’natadi. Aholi chorvachilikdan tashqari hovlisida yoki dalalarda meva-sabzavotlar yetishtirish bilan shug’ullanadi. Kartoshka yetishtirish qoramollar soni kam bo’lgan kambag’alroq xo’jaliklar uchun ayniqsa muhim mashg’ulotdir. Garchi Norin chorvachilik tumani sifatida mashxur bo’lsada, bu yerda X asrdan qolgan sug’orish tizimi saqlanib kelmoqda. Suv sug’orishga egalik uchun biylar o‘rtasidagi janjallar shunchalik avj olgan ediki, ushbu voqealar yuz yillar davomida xalq xotirasida saqlanib qolgan. Bugungi kundagi suvdan foydalanuvchilar jamiyati orqali suv taqsimoti faoliyati tez-tez tanqidga uchrab turadi. Ko’plab fermerlar  buni byurokratiyaning keraksiz va qimmatga tushuvchi darajasi deb hisoblaydi.  

Holiday-fishing.jpg

Mahalliy aholi Norin viloyatini tasvirlaganda, baland tog’larni, baland adirlardagi yaylovlarni ta’kidlab o’tishadi. Ulardan biri saryog’i va go’shti bilan mashxur bo’lgan Son-ko’ldir.

Daryoni esa kamdan kam holatlarda chiroyli va qadrli deb ta’riflashadi. Ba’zan odamlar “daryo bizning boyligimizdir” deb g’urur bilan aytishadi va shunday boylik to’g’on yo’qligi sabab bekor sarflanayotganidan norozi bo’lishadi. Norinning ko’plab aholisi Norin daryosida bir necha suv ombori  tashkil etilishini qo’llab-quvvatlashadi, sababi qaxraton qish va elektroenergiyadagi tez-tez uzilishlar muammolarga olib keladi. Biroq, rus-qirg’iz hamkorligidagi Yuqori Norin GES kaskadi qurilishi 2016 yilda tomonlarning kelishmovchiligi natijasida to’xtab qoldi. Tyan-Shandagi muzliklar iqlim o’zgarishi natijasida tez erib bormoqda: muammo shundaki, haqiqatda ham arzon elektro energiya bilan ta’minlaydigan to’g’onlar uzoq vaqt mobaynida ochiq turishi mumkinmikin? Shuningdek, bunday qurilishlar  seysmik aktiv bo’lgan hududda muhim bo’lgan yuqori xavfsizlik standartlari asosida barpo bo’lishi masalasida ham xavotirlar mavjud.

Qurilajak dambalar rejasi. Manbaa: https://saiga20k.livejournal.com

NarynFlooding.jpg