Xo’jand Tojikistonning shimolidagi shahar bo’lib, So’g’d viloyatining ma’muriy markazidir. Xo’jand aholi soni ko’pligi bo’yicha Dushanbedan keyin ikkinchi o’rinda turadi. 2019 yil 1 yanvar holatiga u yerda 181 600 kishi yashardi. Xo’jand Markaziy Osiyoning eng qadimiy shaharlaridan biridir. Boshqa qadimiy shaharlarga daryo bo’yida asos solingani kabi Xo’jand ham Sirdaryo daryosi bo’yida tashkil topgan.
Xo’jand – abadiy shahardir, Sirdaryo esa qisman shahar daryosi hisoblanadi. Daryo shaharning markaziy o’qi bo’lib, uning Chap va O’ng qirg’oqlaridagi majoziy, tarixiy va ma’naviy jug’rofiyasini tashkil etadi.
Uzoq yillik mavjudligi davomida Xo’jand shahri huddi u atrofida tashkil topgan daryo kabi turlicha nomlangan. Shahar ham, daryo ham ko’plab o’zgarishlar va transformatsiyalarga uchragan. Daryo infrastrukturasida muhim o’zgarishlar ro’y bergan – ko’priklar va GES qurilgan, qishloq xo’jaligi yerlarini sug’orish uchun kanallar sistemasi tashkillashtirilgan, sanoat korxonalari barpo etilgan. Natijada shahar va uning atrofidagi hayvonot, o’simlik, ekologik, iqtisodiy va ijtimoiy hayot tubdan o’zgargan. Viloyatning o’zi ham bir necha bor ma’muriy mansubligini o’zgartirib, bir davlat egaligidan boshqa davlat tuzilmasiga o’tgan Viloyat aholisi ham migratsiya, bosib olishlar va boshqa siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlarda o’zgarib turgan.
Xo’jand shahriga tarixiy manbaalarga ko’ra Aleksandr Makedonskiy asos solgan. U hududni zabt etishi munosabati bilan Aleksandriya Esxata (Uzoqdagi Aleksandriya) deb nomlangan. Rus imperiyasi kolonizatsiyasi davrida Xodjent deb nomlashga qaror qilingan, Sovet davrida 1936-1991 yillar oralig’ida esa shahar Vladimir Ilyich Lenin sharafiga Leninobod deb nomlangan. Daryo ham turli tarixiy davrlar mobaynida Tanais, Yaksart va Sirdaryo kabi cilma-xil nomlar bilan atalgan.
Eramizning II asrida tarixchi Flaviy shunday yozgan: “Uning o’zi (Makedonskiy) Tanais daryosi bo’yida o’zining nomida shahar tuzishga qaror qildi”. Qadimiy Xo’jand savdo va hunarmandchilik markazi bo’lgan. Mahsulotlar tashishda Sirdaryo suzgan kemalardan foydalannilgan.Ularga xizmat ko’rsatish uchun shahar ro’parasida Choch va Farg’onadan kelgan savdogarlar uchun karvonsaroylar mavjud bo’gan. X asr geografi Muqaddasiy yozgan: “Xo’jand – zavq beruvchi shahar, u tomonda undan boshqa yoqimli shahar yo’q. Shahar o’rtasidan daryo oqib o’tadi va tog’larga ulanib ketgan…, u yerning donishmandlari va shoirlari maqtovdadir”. Xo’jand shuningdek Boburnomada ham qayd etilgan.
Daryo xujumkorlardan mudofaada ham muhim rol o’ynagan. Temur Malikning 1220 yili Chingizxon qo’shinlaridan Xo’jand himoyasi bunga misoldir
“Shahri nav” (Yangi shahar” – Rus imperiyasi bosqinidan so’ng Xo’janddagi mustamlaka hududi shunday nom olgan. Rus qismi uchun hudud daryo orqali shahar qal’asidan to yog’och ko’prikkacha cho’zilgan bo’lib, Sirdaryo va shahar o’rtasidagi tor chiziq bo’ylab ajratilgan. Bu hududni tez-tez suv bosib turgan. Hukmronlikning 9-yili rus kvartalida aholi ko’payib ketishi natijasida temir yo’l stansiyasi yaqinida rus mahallasi uchun joy ajratilgan.
“1866 yil 17-24 may kunlari mustahkamlangangan Xo’jand shahri qamali va uning bosib olinishi”.
Lenin shahri
1936-1991 yillar oralig’ida Xo’jand Leninobod yoki “Lenin shahri” deb nomlangan. Sovetlar rivojlanish dasturining asosiy qismi butun mamlakatni elektrlashtirish bo’lgan. O’rta Osiyodagi tog’lardan oquvchi daryolarda yirik GESlarni qurish loyihalari nafaqat infrastruktura tuzilmalari, balki kommunizm qurish yo’lidagi tabiatni o’zgartirishning yirik maqsadi sifatida ham qaralgan. Dastlabki sovet davri manbaalari huddi 1960 yillardagi kabi GESlar qurilishi jarayonini “yovvoyi daryoni qo’lga olish” va “Och dashtni bo’ysundirish” kabi qahramonona so’zlar bilan tasvirlangan.
Sovetlar davrida shahar o’ng qirg’oqqa ko’chib o’tdi: yangi sotsialistik Xo’jand Sirdaryoning avval odamlar yashamagan tomonida qad rostladi. Sirdaryonning toshli tog’oldi qismida zamonaviy ko’rinishdagi mikrorayon qurildi. “Xo’jandning me’moriy yodgorliklari” kitobida mualliflar Muqimov va Mamajonavalar shunday yozishgan: “Albatta butun shaharning bezagi Sirdaryo bo’lib, qirg’oqlari yashil bog’ bilan bezalgan betondan “kiyim kiygan”, chiroyli ko’priklar ikki qirg’oqni bog’lab shaharni bir butun qilib turadi” (1993, 32-b.).
Daryo va ijtimoiylik
Daryo turli xil va noyob ommaviy, shuningdek sirli ijtimoiy munosabatlarning yuzaga kelishiga sabab bo’ladi. Tarixiy manbaalarga ko’ra, Xo’janddagi mahalliy aholi Sirdaryo bo’ylarida asosiy vaqtlarini o’tkazishgan. Bu yerda olovxonalar – erkaklar mehmonxonalari va yig’ilishu uchun guzarlar, shuningdek choyxona va samovarxonalar qurilgan. Ushbu joylarda daryo bo’yidagi yog’och platformalarda so’rilar qo’yilgan bo’lib, ham mehmonxona, ham ovqatlanish vazifasini o’tagan va shaharlik erkaklar uchun bo’sh vaqtlarini o’tkazadigan joy hisoblangan. Hammomlar ham asosan erkaklar uchun atalgan bo’lib, boshqa sharq davlatlariga qaraganda ayollarning hammomga borishi ancha cheklangan bo’lgan.
Bugun ham O’ng qirg’oqdagi jamoaviy plyajda, ko’plab xo’jandliklar (deyarli barchasi erkaklardan iborat) yig’iladi. Ular tong yorishishi bilan yig’ilib jismoniy mashqlar qilishadi, daryoda suzishadi, kechroq choy ichib shaxmat yoki narda o’ynashadi va yangiliklar almashadi. Plyajdan uzoq bo’lmagan shahar ko’prigi ostidagi o’tkinchilarning qiziquvchan nazarlaridan yashiringan sirli mayxonada kun davomida va kechga yaqin erkaklar yig’iladi. Kun botishiga yaqin daryo bo’yida bir necha yolg’iz baliqchilarni qarmoq va qayiqlari bilan uchratish mumkin. Lekin ko’pchiligi yildan yilga o’ljalar kamayib ketayotganidan nolishadi.
Shuningdek oqimning yuqorisidagi Tojik Dengizi bo’ylarida xo’jandliklar va shahar mehmonlari oilaviy piknikka yig’ilishadi. Tojik Dengizi – 1956 yilda Qayroqqum “Xalqlar do’stligi” GES qurilishi natijasida vujudga kelgan sun’iy suv omboridir. Shunday qilib, daryo bilan aloqalar va uning turli resurslariga yo’l ochilishi kuchli gender ta’siriga ega.
Gender va suzish
Moxira Suyarqulova 2017-2018 yillar yozida Xo’jand va uning atroflarida insonlarning daryo bilan o’zaro ta’sirini o’rganish maqsadida dala tadqiqotlarini olib borganda, erkakalar va ayollarning daryoga munosabati turlicha ekaniga amin bo’ldi. Shunday farqlardan biriga daryoda suzishning imkoniyati va yo’l-yo’riqlari turlicha ekanligi misol bo’la oladi.
Aytilmagan o’zini tutish qoidalariga ko’ra, erkaklar uyalmasdan plavka yoki ichki kiyimning o’zidagigani cho’milishi mumkin. Ayollar esa suvga faqatgina tojikcha uzun ko’ylak va lozimlarda tushishadi. Gender ibo-hayo qoidalari daryo atroflarini ayollar uchun xavfli joy deb belgilaydi – bu yer gender va ijtimoiy tartiblarga ko’ra xavf-xatarga boy va alohida extiyotkorlikni talab qiladi. Suv bo’ylaridagi barcha jamoaviy joylar – Sirdaryo qirg’oqlaridagi plyajlar, basseynlar va choyxonalar erkaklar joylari hisoblanadi. Bundan kelib chiqadiki, ayollarning suzishga o’rganishga imkoniyati yo’q, ularning “ta’qiqlangan” hududlarda paydo bo’lishi obro’siga sezilarli ziyon yetkazishi mumkin.
Tojik dengizi (Qayroqqum suv ombori) plyajidagi bolalar, 2017-yilning yozi. Moxira Suyarqulova fotosi.